Mustaqillikning 35-yilligi: taraqqiyot va kelajak sari
Tashqi ishlar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqillikning 35-yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan oʻquv-seminar oʻtkazildi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti, inson qadri, milliy birlik, yoshlar tarbiyasi va mamlakat kelajagiga daxldor muhim gʻoyalar muhokama qilindi.Tadbirda Mustaqillikning 35-yilligi nafaqat bosib oʻtilgan yoʻl sarhisobi, balki yangi marralar sari ishonchli qadam ekani taʼkidlandi.
Yakunlovchi qismida Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi yoʻlida har bir xodimning masʼuliyati, tashabbuskorligi va daxldorlik hissini yanada kuchaytirish muhimligi qayd etildi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram