Namangan viloyatida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusidagi “Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy seminari boʻlib oʻtdi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etiladigan mazkur tadbirlar joriy yilning sentyabr–dekabr oylarida mamlakatimizning barcha hududlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Seminar davomida targʻibotchilar uchun hududlarda ilmiy-maʼrifiy tadbirlarni samarali tashkil etish, auditoriya bilan ishlash, targʻibot jarayonida zamonaviy usul va yondashuvlardan foydalanish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Tadbir yakunida targʻibotchilar orasidan faol ishtiroki, bilim va koʻnikmalari hamda amaliy mashgʻulotlardagi natijalariga koʻra 20 nafar targʻibotchi saralab olindi. Ularga sertifikatlar topshirildi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram