Oʻzbekiston hududlarining etnik xilma-xilligini aks ettirgan "Navroʻz bogʻi".
Mazkur bog‘ Anhor-Lokomotiv bogʻi yonida joylashgan boʻlib, 2,5 gektar maydonni egallagan.
Navroʻz bogʻi, Oʻzbekiston prezidenti tomonidan 2017-yilning 7-avgustida imzolangan qaroriga asosan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan qurilgan.
Boqqa ikki olam – koinot va yerning bir-biriga bogʻliqligini ifodalovchi ramziy shakldagi darvozadan kiriladi. Toʻgʻrida favvorali Navroʻz amfiteatri joylashgan. Yon tomonda hayot davomiyligi timsoli – diametri 72 metrli charxpalak qurilgan. Anhor kanali ustidan oʻtuvchi 88 metrli koʻprik dam oluvchilarga oʻziga xos sayr qilish imkoniyatini ulashadi.
Bog‘ ichida joylashgan etnografik shaharchada Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlar nomlari bilan ataladigan koʻchalar va qadimiy uslubda uylar bunyod etilib, har bir hududning oʻziga xos anʼanalari, hunarmandchiligi, turmush tarzi aks ettirilgan. Paxsa devorlari, ayvonlar, choyxona va ustaxonalar timsolida qadimiy mahallalar qayta tiklangan.
ushbu dam olish maskanida xalqimiz madaniyati, milliy qadriyatlari chuqur ifodasini topgan. 2,5 gektar maydon etnografik shaharchaga aylantirilgan. Qoraqalpogʻiston va barcha viloyatlar nomlari bilan ataladigan koʻchalar va qadimiy uslubda uylar bunyod etilib, har bir hududning oʻziga xos anʼanalari, hunarmandchiligi, turmush tarzi aks ettirilgan.
Paxsa devorli hovlilar, ayvonlar, choyxona va ustaxonalar timsolida qadimiy mahallalarimiz qayta tiklangan. Bu yoshlarning xalqimiz tarixi va milliy madaniyatimiz haqidagi bilimlarini boyitib, vatanparvarlik tuygʻularini kuchaytiradi, xorijlik sayyohlar uchun diqqatga sazovor maskan boʻladi.
Manba:Navroʻz bogʻi telegram sahifasi