"Oʻgʻlim oʻlgan kuni daraxtimiz quridi, soatim toʻxtab qoldi..."
4 avgust tongi. Xonadon hovlisidagi oʻn besh yillik yashnab turgan oʻrik daraxti toʻsatdan sargʻayib, barglarini toʻka boshladi... Xuddi shu kuni oʻgʻil otasiga hadya qilgan harbiy soatning ham millari oʻz-oʻzidan toʻxtab qoldi.
Bu shunchaki tasodifmidi? Yoʻq... Ayni shu damda olis Sariosiyo togʻlarida Vatan tinchligi uchun ayovsiz va qonli jang kechayotgan edi. Jang maydonida esa kichik serjant Ulugʻbek Barnoyev dushman oʻqiga koʻkrak tutib, jon olib-jon berayotgandi...
“Qarorgoh” podkastining bu galgi sonida 2000 yilgi mudhish Sariosiyo voqealarida halok boʻlgan — Qahramon jangchi otasining ogʻriqli xotiralari
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram