Oliy Majlis Senatida “Gender tenglik va xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirishning ustuvor vazifalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
BMTning 2030-yilga qadar Barqaror rivojlanish kun tartibida belgilangan 5-maqsad – gender tenglikka erishish va barcha xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatida Senat a’zolari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari ma’ruzalar bilan ishtirok etdi.
Unda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini yanada kengaytirish, qizlarning ta’lim olishi va yetakchilik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining 5-maqsadini amalga oshirish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish hamda jamiyatdagi gender stereotiplarini bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, shuningdek, fikr almashildi, gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini yanada kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram