Quyidagi parodiya oʻlaroq yozilgan zamonaviy maqollarni oʻqib goh kulgingiz, goh yigʻlagingiz kelsa ajabmas. Oʻzbek xalqining boyligi sanalgan maqollarni bunday tarzda buzishdan maqsadimiz baʼzi birovlarning yuziga oyna tutish xolos… 

* * *

Jon kuydirmasang, “podpischik” qayda,

“Rek”ka chiqmasang, “komment”, “layk” qayda.

* * *

Otdan tushsang ham, “trend”dan tushma.

* * *

Gʻoya topgan – xor-u zor,

“Layk” soʻragan – aziz.

* * *

“Bloger” boʻl, “vayner” boʻl, insofli boʻl.

* * *

“Bloger”ning aytganini qil,

Qilganini qilma.

* * *

Birovning “post”idan kulmagin zinhor,

Sening ham kimliging bilguvchilar bor.

* * *

Yuzsiz “vayner” – tuzsiz “vayner”.

* * *

Olti “vayner” ola boʻlsa,

“Trend”lardan tushadir.

Toʻrt “bloger” tugal boʻlsa,

“Reels”lari uchadir.

* * *

“Layk”lar yigʻib netarsan,

Bir kun tashlab ketarsan.

* * *

Bugungi “istoriya”ni ertaga qoʻyma.

* * *

Bir yigitga yetmish “vayn” oz.

* * *

“Instagram”ing omon boʻlsa,

Topar tutaring yomon boʻlmas.

* * *

“Vayner”ni “podpischik”ka bepardoz koʻrsatma.

* * *

Oz-ozdan “layk” olib, “vayner” boʻlur,

* * *

Birovni “blok” qilgandan koʻra,

Oʻzingni soʻroq qil.

* * *

It hurar, “trend” davom etar.

Rahmat BOBOJON tayyorladi