“Oʻzbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” — maxsus infografiklar toʻplami

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida tayyorlangan maxsus infografiklar toʻplamini keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etadi.

Toʻplam maʼruzaning asosiy mazmun-mohiyatini, ustuvor gʻoyalari va tashabbuslarini tushunarli hamda koʻrgazmali shaklda yetkazishga qaratilgan. Unda mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan muhim natijalar, asosiy koʻrsatkichlar va kelgusi rivojlanish yoʻnalishlari, shu jumladan, yetti milliy dasturning mazmuni infografikalar orqali yoritib berilgan.

Toʻplamdan taqdimotlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari va maʼrifiy tadbirlarda koʻrgazmali material sifatida foydalanish mumkin.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram