#Maʼnaviyat_festivali
#AQSh
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan AQSHning Nyu-York shtatida bayram dasturlari koʻtarinki ruhda oʻtkazilmoqda.
Oʻzbekistondan borgan bir guruh ziyolilar, Jamoat tashkilotlari vakillari va AQSHda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida shaharning dunyodagi eng yirik biznes markazlari joylashgan Val koʻchasi (Wall Street Bull)da Oʻzbekiston bayrogʻi koʻtarildi.
Respublika Manaviyat va maʼrifat markazi, 🇺🇿“Maʼrifat” targʻibotchilari jamiyati aʼzolari tomonidan mustaqilligimizning 34 yilligiga bagʻishlab kuylangan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" qoʻshigʻining premyerasi keng jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini 34 yilligi munosabati bilan AQSH da istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz uchun tadbirlar koʻtarinki ruhda oʻtkazilmoqda.
AQSH boʻylab Maʼnaviyat festivali davom etadi.