Oʻzbekiston 2026-yilda dunyoning eng qudratli va taʼsirli mamlakatlari reytingida 71-oʻrinni egalladi. Roʻyxatga jami 100 ta davlat kiritilgan. Bu haqdagi maʼlumotlar World Population Review saytida eʼlon qilindi.
Reytingda Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozogʻiston eng yuqori natijani qayd etdi. Oʻzbekiston 71-pogʻonadan joy oldi. Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston esa roʻyxatga kiritilmagan.
Eng qudratli davlatlar oʻntaligi:
Reytingning birinchi oʻrnini Xitoy egalladi. Undan keyingi pogʻonalardan AQSH va Hindiston joy oldi. Dunyoning eng qudratli davlatlari oʻntaligi quyidagicha:
Xitoy
AQSH
Hindiston
Germaniya
Yaponiya
Janubiy Koreya
Fransiya
Buyuk Britaniya
Meksika
Italiya
Rossiya 11-oʻrinni egalladi. Reytingning soʻnggi pogʻonasida esa Seyshel orollari qayd etildi.