Özbekiston turkiy davlatlar yoşlari uçun har yili 200 ta grant ajratadi
Prezident Şavkat Mirziyoyev turkiy davlatlar yoşlari uçun har yili 200 ta taʼlim granti ajratilişini maʼlum qilib, qardoş mamlakatlar yoşlarini bu imkoniyatdan unumli foydalanişga çaqirdi.
Davlat rahbari texnologik taraqqiyotning asosi inson kapitali, zamonaviy bilim va könikmalarga ega yoş avlod ekanini taʼkidlab, yoşlar taʼlimiga kiritilgan sarmoya uzoq muddatli hamkorlikning mustahkam poydevori bölişini qayd etdi.
Maʼlumot uçun, ayni paytda “Yangi Özbekiston” stipendiyasi doirasida 500 nafar xorijiy talabaga grant asosida tahsil oliş imkoniyati yaratilgan.
Rasmiy sahifalarimiz👇
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram