🇺🇿🇹🇷 Oʻzbekiston–Turkiya: maʼrifat koʻpriklari yanada mustahkamlanmoqda

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Turkiyaning taniqli olimi va davlat arbobi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati faxriy aʼzosi Kemal Yavuz Ataman bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muloqotda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati, Anqara Ijtimoiy fanlar universiteti hamda Turkiya Yozuvchilar uyushmasi oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalasi koʻrib chiqildi.

“Maʼrifat elchilari” — ikki davlat ziyolilarini birlashtiruvchi yangi koʻprik

Loyiha doirasida Oʻzbekiston va Turkiya olimlari, ziyolilari, shoir va yozuvchilari oʻrtasida doimiy muloqot maydonini yaratish, qoʻshma ilmiy-maʼrifiy loyihalar, konferensiyalar, davra suhbatlari va kitob taqdimotlarini tashkil etish boʻyicha muhim takliflar ilgari surildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Turkiyadagi vatandoshlar, ziyolilar va ilmiy doira vakillari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish hamda “Men tanigan Oʻzbekiston” kitobining Turkiyadagi taqdimotini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Hamkorlik geografiyasi media makonni ham qamrab oladi. AVAZA TV telekanali bilan birgalikda yurtimiz tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk allomalar va davlat arboblarining hayoti, ilmiy-maʼnaviy merosiga bagʻishlangan media kontentlar tayyorlash boʻyicha fikr almashildi.

Eng muhimi, kelishuvlar amaliy rejalar bilan mustahkamlandi. Joriy yil oktyabr oyida “Maʼrifat elchilari” loyihasi doirasida Oʻzbekistonlik olim va ziyolilarning Turkiyaga tashrifini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram