Janubiy Koreyaning Incheon shahrida 200 ga yaqin davlat vakillari ishtirokida oʻtayotgan FIRST Global Challenge-2026 xalqaro robototexnika musobaqasida Oʻzbekiston terma jamoasi tarixiy natija qayd etdi.

Terma jamoa 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, mutlaq chempionlikka erishgan.

Xabarga koʻra, oʻzbekistonlik yosh muhandislar 16 ta oʻyinning barchasida gʻalaba qozongan va 637 ball bilan musobaqa rekordini oʻrnatgan.