Oʻzbekistonlik Amina Mahmudova Turkmanistonda oʻtkazilgan “Tatar qizi — 2026” xalqaro tanlovida gʻolib boʻldi.

Tanlov finalida Rossiya, Qirgʻiziston, Turkiya, Turkmaniston va Oʻzbekistondan kelgan 12 nafar qiz ishtirok etdi. Ular ijodiy chiqishlar, til, anʼana va madaniyat boʻyicha oʻz mahoratlarini namoyish qildi.


Gʻolibga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov nomidan bosh sovrin — ZEEKR avtomobili topshirildi.