Poytaxtning markaziy koʻchalaridan birida notoʻgʻri kub (optik illyuziya) shakli va modernizm uslubida qad rostlagan noodatiy bino koʻzga tashlanadi. Oʻzbek meʼmorchiligining anʼanaviy va zamonaviy elementlarini geometrik shakllar bilan uygʻunlashtirgan ushbu manzil tashrif buyuruvchilarga Oʻzbekistonning toʻrt ming yillik tarixi haqida soʻzlaydi.
Tarix muzeyining tarixi
Toshkentning eng koʻrkam meʼmoriy yodgorliklaridan sanaluvchi, XX asrning ikkinchi yarmiga taalluqli Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyining binosi 1970-yilda qurilgan.
Binodan dastlabki yillarda Lenin muzeyining Toshkentdagi filiali sifatida foydalaniladi. Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi boʻlsa keyinchalik – 1995-yilda ushbu manzilga koʻchiriladi.