PARKENTDA “QÖŞÇINOR” MAʼRIFAT MASKANI OÇILDI.

Toşkent viloyati Parkent tumanida navbatdagi yirik bunyodkorlik va maʼrifat loyihasi — “Qöşçinor” maʼrifat markazining tantanali oçiliş marosimi bölib oʻtdi. Mazkur markaz xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltiriş va yoş avlodni ezgu ğoyalar ruhida tarbiyalaş yölida muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi, xalq yozuvçisi Xayriddin Sultonov, Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, xalq şoiri, senator Sirojiddin Sayyid, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Xasanov, taniqli olimlar, ziyolilar, şoir va yozuvçilar, şuningdek, keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.

Zamonaviy meʼmoriy yeçimlar asosida barpo etilgan “Qöşçinor” maʼrifat markazi yoşlarning bilim olişi, intellektual salohiyatini oşirişi, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etişi va böş vaqtini mazmunli taşkil etishi uchun keng imkoniyatlarni özida mujassam etgan.

Markazda taşkil etilgan katta va zamonaviy kutubxona kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, yoşlarni mutolaa olamiga keng jalb etiş hamda ilmga bölgan qiziqişini oşirişda muhim xizmat qiladi.