“Paxta” filmi X xalqaro “Yevrosiyo koʻprigi” kinofestivalida bosh sovringa sazovor boʻldi. Bu haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Festivalda 14 mamlakatdan 18 ta badiiy va hujjatli film ishtirok etdi.
Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida, rejissyor Rashid Malikov suratga olgan “Paxta” kartinasi — hayot sinovlarini yengib, oʻz taqdirini qaytadan qurishga intilayotgan ayol haqida hikoya qiladi.
Maʼlumot uchun, “Paxta” filmi 2025-yilda Misr poytaxti Qohira shahridagi xalqaro kinofestivalda ishtirok etgandi. Shuningdek, filmda ishlagan Bektosh Rajabov “Eng yaxshi rassom ishi” nominatsiyasida, Boris Litovchenko esa “Eng yaxshi operatorlik ishi” nominatsiyasida “Oltin Humo” mukofotini qoʻlga kiritgan.
