Paxtakor tumanida “Shukronalik” tadbirlari oʻtkazildi

Toshkent mahallasi hududida Suvonobod, Samarqand va Toshkent mahallalari aholisi ishtirokida “Shukronalik” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Prezidentning viloyatdagi Xalq qabulxonasi mudiri, Paxtakor tuman hokim oʻrinbosari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari, hamda faol nuroniylar ishtirok etdi.

Uchrashuvda istiqlol yillarida mamlakatimiz bosib oʻtgan taraqqiyot yoʻli, inson qadri va manfaatlarini taʼminlash, milliy qadriyat va anʼanalarni asrab-avaylash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida soʻz yuritildi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram