Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressda nutq so‘zladi:

“Biz insoniyat tarixining murakkab bir davrida uchrashib turibmiz. Inqirozlar bir mintaqadan boshqalariga tarqalmoqda. Jinoyatchilikning shakli ham o‘zgardi: u chegaralarni oson kesib o‘tmoqda, yangi texnologiyalardan foydalanmoqda va unga qarshi kurash uchun yaratilgan tizimlardan-da ko‘ra tezkorlik bilan moslashuvchanligini namoyon etmoqda.

Ammo bu o‘zgarishlarning har biri ortida ko‘z yumib bo‘lmaydigan oddiy haqiqat — Inson taqdiri turibdi. Bu — uning asoratini o‘z boshidan kechirgan oila. Internetda ekspluatatsiyaga uchragan bola. Dardini aytsa, sukut saqlaganidan ko‘ra og‘irroq oqibatlarga duch kelishidan qo‘rqib, uzoq vaqt jim yashagan ayol. O‘zini himoya qilishi lozim bo‘lganlarga ishonchini asta-sekin yo‘qotgan jamiyat.

Bugun biz mana shu mas’uliyat bilan ushbu zalda turibmiz. Jinoyatchilikning oldini olish va odil sudlov tushunchalari insonlardan yiroq, mavhum iboralar bo‘lib qolmasligi kerak. Ular har bir inson hayotiga kirib borishi lozim. Aks holda, hech qanday ma’nosi qolmaydi”.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram