Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda nutq soʻzlamoqda.

 

Davlatimiz rahbari xalqimizni ayyom bilan samimiy tabrikladi. Eng ulug‘ bayramimiz Yangi Toshkentda oʻtkazilayotgani tantana shukuhini yanada oshirayotganini taʼkidladi.

 

Tantana ishtirokchilari huzurida ochiladigan favvora dunyodagi eng baland musiqali favvora sifatida “Ginnessning rekordlar kitobi”dan joy olgani bayram kayfiyatiga yanada baland ruh bagʻishlashi qayd etildi.

 

– Bir necha yuz yillik orzular roʻyobga chiqayotgan ushbu betakror makonda butun xalqimiz bilan hali yana koʻplab quvonchli va tarixiy voqealarga guvoh boʻlamiz.

 

Aminmanki, Yangi Toshkent poytaxtimizning koʻrkiga koʻrk qoʻshib, biz barpo etayotgan Yangi Oʻzbekistonning kuch-qudratini namoyon etadigan chinakam taraqqiyot markaziga aylanadi,

– dedi Prezidentimiz.