Prezidentimiz bugun Yangi Oʻzbekistonning ovozi eng nufuzli minbarlarda ham baland yangrayotganini, davlatimizning xalqchil, tinchlikparvar siyosati dunyoda eʼtirof etilayotganini taʼkidladi.
– Hech shubhasiz, yuqoridagi barcha oʻzgarishlar koʻp millatli xalqimiz, siz kabi jonkuyar yurtdoshlarimiz mehnati bilan amalga oshmoqda,
– dedi davlatimiz rahbari.
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan islohotlarga daxldorlik tuygʻusi bilan yashab, sidqidildan mehnat qilayotgan 558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.