Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va koʻrsatgan jasorati alohida eʼtirofga munosib ekanini taʼkidladi.
Shu kunlarda joylarda unvon, orden va medallarni qabul qilib olayotgan yurtdoshlarimizga ham samimiy tabriklar aytildi.
Mukofotlanganlar orasida islohotlarni qoʻllab-quvvatlab, yurtimizga katta-katta sarmoya va zamonaviy texnologiyalarni olib kelayotgan xorijlik hamkorlar borligi qayd etilib, ularga ham minnatdorlik bildirildi.
Mamlakatimiz yetakchisi mukofotlarni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirdi.
– Koʻksingizga yarashib turgan yuksak unvon, orden va medallarga odamlar havas bilan qaraydi, yoshlarimiz sizlarga oʻxshashga intiladi. Bu sizlarga kelgusi ishlaringizda yangi kuch-gʻayrat va ilhom beradi deb ishonaman,
– dedi davlatimiz rahbari marosim yakunida.