🇺🇿Qashqadaryo viloyatida hududiy targʻibotchilar uchun “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz mavzusida “Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy seminar boʻlib oʻtmoqda.
Mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan strategik gʻoya va tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish, kelgusi taraqqiyotning ustuvor vazifalarini joylarda manzilli targʻib qilish maqsadida tashkil etildi.
Seminar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etilmoqda. Loyiha doirasida tadbirlar joriy yilning sentyabr–dekabr oylarida mamlakatimizning barcha hududlarida oʻtkaziladi.