Koʻkdala tumanidagi 5-maktabda kimyo fanidan dars berib kelayotgan Gulzoda Eshonqulova kitobxonlikni rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshishini maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, Eshonqulova “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻolibligi uchun berilgan mukofot pulining bir qismini oʻzi faoliyat yuritayotgan oʻquv markazi oʻquvchilari oʻrtasida tashkil etiladigan kitobxonlik tanlovi gʻoliblarini taqdirlash uchun sarflamoqchi.
Maʼlumot uchun, joriy yilda “Yil oʻqituvchisi” respublika tanlovida gʻolib boʻlganlarning (208 ta tuman boʻyicha) barchasi 616 million soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlangan edi.