Qoʻngʻirotboy Sharipov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar qildi.

U 2024-yil 2-fevraldan to mazkur tayinlovga qadar Oʻzbekiston oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Bundan avval ham u ushbu universitet rektori boʻlib ishlagan.

Qoʻngʻirotboy Sharipov 1963-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanida tugʻilgan. 2017-yildan Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga rektorlik qilgan. 2019-yilda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangandi.