Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan oʻquv seminari tashkil etildi.

Seminarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkibga yetkazish, unda ilgari surilgan gʻoya va tashabbuslarning ahamiyatini tushuntirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Unda, Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, hamda vazirlik xodimlari ishtirok etdi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram