Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Farg‘ona viloyatida «Shaxsiy va jamoaviy mas’uliyatni oshirish» mavzusidagi psixologik treninglar tashkil etildi.
Treninglarda Markazning viloyat, shahar va tuman bo‘linmalari xodimlari ishtirok etib, psixologlar tomonidan samarali muloqot, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro ishonch va shaxsiy rivojlanishga qaratilgan interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Nazariyadan amaliyotga — ishtirokchilar turli psixologik mashqlar, jamoaviy topshiriqlar va ochiq muloqotlar orqali kundalik faoliyatida zarur bo‘ladigan ko‘nikmalarni mustahkamlamoqda.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram