Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan oʻquv-seminari oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini Adliya vazirligi xodimlariga yetkazish, unda ilgari surilgan ezgu gʻoya va tashabbuslarning ijtimoiy-maʼnaviy ahamiyatini tushuntirish maqsadida bugun Adliya vazirligida oʻquv-seminari oʻtkazildi.

Oʻquv-seminar davomida Prezident nutqida belgilangan ustuvor vazifalar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda ularning mamlakat taraqqiyoti, jamiyat hayoti va aholining farovonligini taʼminlashdagi ahamiyati haqida xodimlarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan fikr almashilib, nutqda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, adliya organlari va muassasalari oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram