#seminar_trening
#hududlarda
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Samarqand viloyati bo‘limi hamda shahar va tuman bo‘linma rahbar-xodimlari uchun “Jamoadagi o‘zaro munosabatlar psixologiyasini o‘rganish” mavzusida trening o‘tkazildi.
Trening davomida ishtirokchilar uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, interaktiv topshiriqlar hamda guruhiy muhokamalar tashkil etildi. Mashg‘ulotlar xodimlarning kasbiy faoliyatida samarali muloqot madaniyatini rivojlantirish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash va sog‘lom psixologik muhitni qaror toptirishga xizmat qildi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram