Shu kunlarda «Startaplar mamlakati» shiori ostida ICT WEEK Uzbekistan 2026 haftaligi boʻlib oʻtmoqda. 

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi vakillari ham ushbu haftalikda ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida sunʼiy intellekt, raqamli transformatsiya, davlat boshqaruvida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda yoshlarning IT va AI sohasidagi bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar namoyish etilmoqda.  

Bugungi kunda AI Leaders kabi tashabbuslar, shuningdek, sunʼiy intellektni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi va innovatsion loyihalarda faol ishtirok etishi uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Ushbu yoʻnalishlar Markaz faoliyatida ham raqamli yechimlar, tahliliy vositalar va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bilan uzviy bogʻliq.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram