#matbuotda_biz

Shu sababli “milliy yuksalishning maʼnaviy yettiligi”ni bir-biridan ajratib boʻlmaydi. Bilimli, ammo masʼuliyatsiz inson taraqqiyot uchun xavf ham tugʻdirishi mumkin. Texnologik jihatdan rivojlangan, ammo huquq va axloq qadrlanmaydigan jamiyat barqaror boʻlmaydi. Iqtisodiy boy, ammo tabiatga nisbatan isteʼmolchilik munosabati kuchli mamlakat oʻz kelajagi hisobiga yashaydi. Qonuni mukammal, ammo odamlar oʻrtasida ishonch boʻlmagan muhitda jamiyatning ichki energiyasi pasayadi. Shu bois, yangi bosqich maʼnaviyat haqidagi tasavvurimizni ham yangilashni talab qiladi. Maʼnaviyatni faqat tadbir, uchrashuv, maʼruza, kitob yoki shior bilan tenglashtirish yetarli emas.

“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 2026-yil 26-sentabr kungi sonida Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti xodimi Kamoliddin TOʻRAYEVning “MILLIY YUKSALISH MAʼNAVIYATDAN BOSHLANADI” nomli maqolasi chop etildi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram