Bugun, 9-aprel kuni buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi keng nishonlanmoqda. Toshkent shahridagi Amir Temur xiyobonida buyuk sarkarda haykalining poyiga gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi jamoasi, "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati aʼzolari Sohibqiron haykali poyiga gulchambar qoʻyishib, ulug‘ sarkardaga oʻzlarining hurmat-ehtiromlarini izhor etdilar.