Aksariyatimiz supermarketdan oʻsha geometrik jihatdan mukammal, sirti silliq, yaltirab turgan, ammo tishlasangiz suv yoki kartondan farqi yoʻq “plastik” olma va noklarni xarid qilganmiz, yeb koʻrganmiz. Koʻrinishi ideal, lekin maza yoʻq. Endi koʻz oldingizga tandirdan hozirgina uzilgan, bir cheti sal kuygan, bir chetida kul yuqi qolgan, shakli g‘adir-budur somsani keltiring. Tishlaganingizda uni shu bosqichga yetkazgan inson qoʻli haroratini his qilasiz. Endi solishtiring, qaysi biridan “jon” tafti keladi?