🇺🇿 Surxondaryo viloyatida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida “Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy seminari boʻlib oʻtmoqda.
Seminar davomida tuman va shaharlarda loyihani tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha targʻibotchilarga maxsus metodik koʻrsatmalar berilib, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni aholi va yoshlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib tashkil etish boʻyicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan strategik gʻoya va tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish, kelgusi taraqqiyotning ustuvor vazifalarini joylarda manzilli targʻib qilish maqsadida tashkil etilmoqda.