TAKLIFNOMA
Hurmatli ziyolilar, davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari!
Sizlarni turkiyalik taniqli adib, olim va jamoat arbobi, doktor Kemal Yavuz Atamanning “Men tanigan Oʻzbekiston” kitobi taqdimot marosimiga taklif etamiz.
Taqdimotda Oʻzbekistonning boy tarixi va maʼnaviy merosi, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi oʻrni hamda bugungi Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida horijlik muallifning fikr-mulohazalari aks etgan kitob keng jamoatchilikka taqdim etiladi.
Kitob Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilari jamiyati hamda Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti tashabbusi bilan “Maʼrifat elchilari” loyihasi doirasida oʻzbek va turk tillarida nashr etildi.
📅 Sana: 2026-yil 7-avgust
🕚 Vaqt: soat 11:00
📍Manzil: Azimut Grand Hotel Tashkent, “Amir Temur” zali
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram