Taʼlim muassasalarida “Mustaqillik soatlari” ni yuqori saviyada tashkil etishga bagʻishlangan Respublika oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi.
 

 Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida boʻlib oʻtuvchi “Mustaqillik soatlari” ni mazmunan boy, taʼsirchan va hayotiy ruhda tashkil qilish, sodda va samarali usullardan foydalanish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish bugungi kunning muhim talabi.



 “Mustaqillik soati” shunchaki anʼanaviy mashgʻulot emas, balki oʻquvchilarni oʻylashga, Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashashga undaydigan jonli maʼnaviy-maʼrifiy muloqot maydoniga aylanadi.