Sirdaryo viloyati hokimi Turdimov Erkinjon Oqbutayevich lavozimidan ozod etilib, Taʼlim va ilm-fan vazirligiga Erkinjon Turdimov vazir etib tayinlandi. Bu haqda UzA xabar berdi.
Unga koʻra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Turdimov Erkinjon Oqbutayevich nomzodini Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlagan.
Maʼlumot uchun, 2026-yil-3-oktyabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Taʼlim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etilgan edi.