Mazkur ko‘rsatuv Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti direktori Olimjon Davlatov muallifligida tayyorlanmoqda.
Ko‘rsatuv o‘zbek xalqining ming yilliklarga borib taqaladigan boy tarixi, o‘zligimiz, qadriyat va ma’rifatimizdan so‘zlaydi.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiya markazidagi bo‘limlar mohiyati, har bir tarixiy bosqichlar, ma’rifat nuridan har sonda bahramand bo‘lishingiz mumkin.