Diqqat, eʼlon!

 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan mamlakatimiz aholisining milliy oʻzligi, qadriyatlari, urf-odatlari va anʼanalarini saqlab qolish hamda ommalashtirish maqsadida “Milliy qadriyatlar atlasi” 
kitob-albomi, maxsus veb-platforma va mobil ilova  yaratildi.  

Bugun, 4-fevral soat 16:00 da Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida mazkur kitob-albom hamda veb-platformaning taqdimoti boʻlib oʻtadi.

Barchangizni ushbu tadbirga taklif qilamiz!