Tarixiy kun: O‘zbekistonning Samarkand-2028 sun’iy yo‘ldoshi orbitaga muvaffaqiyatli chiqarildi
Bugun, 5 avgust kuni STAR.VISION kompaniyasi tomonidan Xitoyning Shandun provinsiyasi qirg‘oqlari yaqinidagi dengiz start platformasidan Samarkand-2028 va Lampung-1 giperspektral sun’iy yo‘ldoshi uchirildi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston tarixidagi eng yirik xalqaro kosmik loyihalardan biri bo‘lib, milliy kosmik dastur rivojida yangi bosqichni boshlab berdi.