Toshkent viloyatida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusidagi “Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy seminarlari oʻz ishini boshladi.

Seminar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etilmoqda.

Mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan strategik gʻoya va tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish, yurtimizning kelgusi taraqqiyoti bilan bogʻliq muhim vazifalarni joylarda keng targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan.

Seminarlar davomida hudud aholisi, targʻibotchilar va jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqotlar oʻtkazilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar xususida fikr almashilmoqda.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram