Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida Mustaqilligimizning 34 yilligi oldidan  respublikamiz boʻylab oʻtkazilgan “Umummilliy birdamlik festivali” toʻgʻrisida MAʼLUMOT

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yillik bayramini munosib nishonlash, chekka tumanlardagi mahallalar va ovullarda yangi milliy ruhiyatni yanada kuchaytirish hamda jamiyat birdamligini taʼminlash maqsadida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida avgust oyida “Umummilliy birdamlik festivali” oʻtkazildi.  

Festival doirasida 10 ta ijtimoiy loyiha, xususan, “Inson qadri”, “Farovon hayotga ilk qadam”, “Shijoat”, “Umummilliy birdamlik”, “Dildagi gaplar”, “Baxtli bolalik sharafiga”, “Kitob marafoni”, “Maslahat oshi” kabi loyihalar, “Qasamyod” spektakli, “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida gala-konserti tashkil qilindi. Olimlar, ziyolilar, shoir-yozuvchilar, madaniyat va sanʼat vakillaridan iborat 79 nafar respublika hamda 254 nafardan ziyod mahalliy targʻibotchi jalb qilindi, 100 ta tuman (shahar)dagi 1412 ta mahallada 284 ta maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazilib, 2 mln 11 ming 365 nafar aholi qamrab olindi.  

“Kitob marafoni” loyihasi doirasida hududlardagi yosh kitobxonlarga  10 500 dan ortiq kitob tarqatildi.

 “Umummilliy birdamlik festivali” tadbirlari OAVda hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borildi. Jumladan, Markaziy telekanallarda 61 ta va mahalliy telekanallarda 102 ta lavha efirga uzatildi.

Maʼnaviyat festivali ilk bora AQSh da ham boʻlib oʻtdi. Unda vatandoshlarimiz oʻzgacha shijoat bilan ishtirok etdi.

Taʼkidlash kerak, Festival doirasidagi tadbirlarda inson manfaati yoʻlidagi islohotlar samarasi yana bir karra eʼtirof etildi. Xalqimizning yurtga daxlorlik hissi, orzu-maqsadlari, intilishlari oʻz ifodasini topdi.