Bugun Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, Davlat mukofoti sovrindori, kompozitor Anor (Anorqul) Nazarov tavallud topgan kun.
Bastakor 1950-yil 5-iyunda Toshkent viloyati Boʻka tumanida tavallud topgan. 1968-yilda M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasini tamomlagan.
1968−1985-yillarda A.Navoiy nomidagi DAKT orkestri solisti, 1985−1987-yillarda Toshkent shahar musiqa ansambllari jamoasi bosh dirijyori, 1986−1996-yillarda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijyori, 1996−2000-yillarda “Oʻzbeknavo” birlashmasi bosh direktori, 2000−2002-yillarda esa badiiy rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
1995-yil Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, 1997-yil A.Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti laureati va 2008-yil “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan. U ijodiy faoliyati davomida 120 dan ortiq milliy-estrada yoʻnalishidagi mashhur qoʻshiqlar musiqasini yaratgan.
Anor Nazarov 2019-yil 16-yanvarda vafot etgan.
Oyina.uz bugungi sana munosabati bilan Anor Nazarov kuy bastalagan eng mashhur qoʻshiqlar “playlisti”ni taqdim etadi:
Muyassar Razzoqova, Avaz Rajabov, “Vatan azizdir”;
Nuriddin Haydarov, Kumush Razzoqova, Doston Ubaydullayev, “Men nechun sevaman Oʻzbekistonni”;
Sevara Nazarxon, “Ulugʻimsan, Vatanim”;
Zohida Umarova, “Yurt qadri”;
Nuriddin Haydarov, “Doʻlana”;
Ozodbek Nazarbekov, “Jon Oʻzbekiston”;
“Fayod” guruhi, “Nozlanajakdir”;