22-oktyabr kuni Xiva shahrida joylashgan "Arda Xiva"da “Oydin gurunglar” xalqaro ijodiy forumning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Dastur davomida “Art House Hamsa” teatri tomonidan “Oydan-da goʻzal” lirik kompozitsiyasi tomoshabinlar eʼtiboriga havola etildi. Shuningdek, Abdulhamid Choʻlponning "Oydin kechalarda", "Kleoʻpatra" hikoyalari va sheʼrlari asosida sahnalashtirilgan asar forumning ijodiy muhitini yanada boyitib, mehmonlarga oʻzgacha taassurot ulashdi.

Festivalda Oʻzbekiston bilan bir qatorda Turkiya, Ozarboyjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va boshqa davlatlardan kelgan ijodkorlar ham ishtirok etmoqda. Asosiy maqsad turli xalqlarning teatr sanʼati, madaniyati va milliy qadriyatlarini bir joyga jamlashdir. Bu esa, albatta, xalqlar oʻrtasidagi ijodiy hamkorlik va doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Maʼlumot uchun, “Oydin gurunglar – 2026” xalqaro ijodiy forumi 25-oktyabr kunlarigacha davom etadi.