Yagona Vatan, yagona xalq — yangi kelajak sari
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Geologiya fanlari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqillikning 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Seminarda “ Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasining mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotidagi ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati muhimligi qayd etildi.Tadbirda sohalari mutaxassislari tomonidan mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan islohotlar hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining ahamiyati haqida ma’ruzalar qilindi.
Seminar ishtirokchilariga Vatan taraqqiyoti, milliy birlik va xalq farovonligi yo‘lida har bir fuqaroning mas’uliyati va daxldorligi muhim ekani ta’kidlandi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram