YANGI BOSQICH. YANGI MAQSADLAR. YANGI VAZIFALAR.

Kecha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida mamlakatimiz oliy taʼlim tizimi oldida turgan muhim vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Asosiy kun tartibi — “Milliy yuksalish davri: 7 ta milliy dastur va oliy taʼlim tizimining yangi vazifalari”.

Yigʻilishda 7 ta milliy dasturni hayotga tatbiq etishda oliy taʼlim muassasalari oldida turgan ustuvor vazifalar, taʼlim sifatini oshirish, yoshlarning salohiyatini roʻyobga chiqarish va zamonaviy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

“Har bir talaba — eʼtiborda”

Bu shunchaki tamoyil emas — yangi yondashuv.

Har bir talaba bilan individual ishlash, uning bilim va kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish, iqtidorini yuzaga chiqarish, tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va kelajakdagi muvaffaqiyatiga mustahkam zamin yaratish — oliy taʼlimning eng muhim vazifalaridan biridir.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram