Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarida “Yangi Oʻzbekistondagi islohotlarni aholiga yetkazishda bosma nashrlarning oʻrni” mavzusida tadbirlar tashkil etildi. 
Tadbirlarda maʼnaviyat va maʼrifat targʻibotchilari, teatr aktyorlari, shoir va yozuvchilar ishtirok etdi. Tadbir davomida shaxsiy tarkib ongida vatanga muhabbat, xalqqa sadoqatni oshirish, maʼnaviyatini yuksaltirish, maʼrifatga chorlash va madaniyatini yanada oshirish maqsadida maʼruzalar qilindi. Ular tomonidan tadbir ishtirokchilariga maʼnaviyati yuksak inson maʼrifat orqali oladigan ozuqa umri davomida ulkan yutuqlarga erishish va komillikka etishish uchun muhim omil ekanligi taʼkidlandi.