Yangilanish avvalo tafakkurdan boshlanadi

Jamiyat taraqqiyoti eng avval inson tafakkuri, dunyoqarashi, maʼnaviyati va ilmga munosabatida namoyon boʻladi. Yangi imkoniyatlarni yaratish muhim. Lekin ulardan oqilona foydalana oladigan, Vatan taqdiriga befarq boʻlmagan, maʼrifatli va maʼnaviyatli insonni tarbiyalash undan-da muhim.

 “Men tanigan Oʻzbekiston” kitobida ana shu jarayon — yurtimizdagi islohotlar va oʻzgarishlarning inson qalbi, ongi va dunyoqarashidagi aks-sadosi hayotiy hikoyalar va real voqealar orqali yoritiladi.

Asar muallifi — taniqli turk olimi va davlat arbobi, "Doʻstlik" ordeni sohibi, "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyatining faxriy aʼzosi Kemal Yavuz Ataman bilan kitobning yaratilish tarixi, Oʻzbekiston haqidagi qarashlari va jamiyatimizning maʼnaviy qiyofasi haqida suhbatlashdik.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram