Yaponiyaning Nagoya shahrida Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligi nishonlandi.

Yaponiyaning Nagoya shahrida yurtimiz mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Yaponiyada istiqomat qilayotgan va taʼlim olayotgan vatandoshlarimiz ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-eʼtibori va erishilayotgan yutuqlar haqida fikr almashdilar. Shuningdek, chet eldagi vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ular bilan aloqalarni mustahkamlash masalalari ham muhokama qilindi.

Tadbir doirasida mustaqillik bayramiga bagʻishlab oʻtkazilgan futbol musobaqasi gʻoliblari ham taqdirlandi. Musobaqada Nagoya jamoasi 1-oʻrinni egallab, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Tadbir samimiy va doʻstona ruhda oʻtib, barcha ishtirokchilar yurtimiz mustaqilligining ulug‘ bayrami bilan tabriklandi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram