
Andijonda iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli isl…
Andijonda iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ulkan bunyodkorlik ishlari va investitsiyaviy loyihalar yurtimizning yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilayotganidan dalolat bermoqda.
Ayniqsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi doirasida yangi investitsiya loyihalarining ishga tushirilishi va yangi obyektlar qurilishiga start berilishi viloyatning iqtisodiy salohiyati, innovatsion imkoniyatlari hamda istiqboldagi rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etdi.
Tashrif doirasida umumiy qiymati 9 milliard 400 million dollarlik 206 ta investitsiya loyihasi qamrab olindi. Shundan 2 milliard 50 million dollarlik 98 ta loyiha ishga tushirildi, 7 milliard 350 million dollarlik 108 ta loyihaning qurilishiga start berildi. Mazkur loyihalarning viloyatdagi barcha 16 ta shahar va tumanlarni qamrab olishi Andijon hududida investitsiyaviy faollik va bunyodkorlik ishlarining keng ko‘lamda olib borilayotganini ko‘rsatadi.
Shuningdek, energetika, qurilish, to‘qimachilik, mashinasozlik, ta’lim, turizm, logistika, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash kabi muhim sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar viloyat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Loyihalar doirasida elektr avtobuslari, quyosh panellari va kichik gidroelektrostansiyalar uchun zarur uskunalar ishlab chiqarish, zamonaviy ta’lim va tibbiyot markazlarini tashkil etish, xalqaro logistika va turizm markazlarini barpo etish kabi tashabbuslar nazarda tutilgan.
Bu jarayonlar Andijonning ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va innovatsion rivojlanish salohiyatini kengaytirishga qaratilgan deydi - Sayyora Jabborova.
Sayyora Jabborova
Ma'rifat targʻibotchilari jamiyati aʼzosi, Andijon davlat pedagogika instituti katta oqituvchisi
