Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazining asosiy vazifalari — jamiyatda sogʻlom dunyoqarash va bunyodkorlik ruhini shakllantirish, milliy gʻoya va qadriyatlarni keng targʻib qilishdan iborat. Markaz yoshlar tarbiyasi, dinlararo bagʻrikenglik, totuvlik va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan targʻibot ishlarini amalga oshiradi. Hududiy va kasbiy xususiyatlarni inobatga olgan holda maqsadli dasturlar ishlab chiqadi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati faoliyatini muvofiqlashtiradi. OAV va internet orqali ijobiy namunalarni ommalashtiradi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning monitoringini yuritadi, ilmiy tadqiqotlar olib boradi va xorijiy tajribalarni oʻrganadi. Asosiy maqsad — fidoyi, ongli, vatanparvar avlodni tarbiyalashdir.